Bugungi kunda mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy
jihatdan jadal qadamlar tashlanmoqda va turli sohalarda islohotlar olib borilmoqda. Shuningdek, yoshlarga qaratilgan e‘tibor va yuksak
ishonch mamlakatimiz ijtimoiy hayotida alohida ahamiyat kasb etadi. Buning
birgina misoli davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 30-iyun
kuni bo‘lib o‘tgan "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakatining IV Qurultoyida
tashkil etilgan O‘zbekiston yoshlar ittifoqining tashkil etilganligidir.
Ma‘lumki, o‘ziga millonlab yoshlarni birlashtirgan,
millionlab yoshlarning hayoti va kelajagiga bevosita bog‘liq bo‘lgan Yoshlar ittifoqida
vatan ravnaqi uchun o‘zining samarali faoliyatini olib borayotgan yoshlar
talaygina.
Ana shunday yoshlardan biri, qashqadaryolik Shohruh
Haydarov ham yosh bo‘lishiga qaramay bir qancha yutuqlarga erishib kelmoqda.
Faoliyatining ilk damlarida uni ko‘pchilik Qashqadaryo viloyat Kengashi “Online
klub”ining faol a'zosi sifatida tanishar edi. U hozirgi kunda ham Qashqadaryo
viloyatida o‘tkaziladigan ko‘plab tadbirlar, festivallar va ko‘rik-tanlovlarni
omma e'tiboriga taqdim etib kelyapti. Uning yetakchilik qobiliyati uni har
jabhada jonbozlik ko‘rsatishga undadi. Mana shu qobiliyat uni qisqa davr ichida
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyat kengashi Press klubi
yetakchisi darajasiga ko‘tardi.
Quvonarlisi shuki, ayni damda Qarshi axborot texnologiyalari
kasb-hunar kollejida tahsil olayotgan Shohruh Haydarov Qashqadaryo viloyatidagi
barcha yangiliklar va xabarlarni shahrimiz aholisi uchun yetkazishda eng tezkor
va zamonaviy telekanallardan biri "Qarshi" teleradiokanalida faoliyat
yuritib, uning tarkibiga kiruvchi "Nasaf FM" radiosi hamda
"Nasaf TV" kanalining mehnatkash, o‘z ishing fidoyi insonlari bilan
hamohang tarzda ko‘plab tele va radiodasturlar tayyorlab kelmoqda.
Shohruh hozirgi faoliyatidan kelib chiqqan holda,
albatta, jurnalistika sohasida tahsil olib, bu sohaning sir-sinoatlarini
mukammal o'rganish niyatida. O'zining qalami bilan yurtimizdagi mashhur va
iste'dodli ustoz-jurnalistlar qatorida bo'lishni istaydi. Jurnalist bo'lish
uchun esa, kishidan barcha sohalarda yetuklik, teran fikrlash va aqliy mahorat
talab etiladi. Shu bois, Shohruh Haydarovga bu borada tinimsiz mehnat va ijod
qilishdan to'xtamasliklarini tilab qolamiz.
Murodjon Amirov, Yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyat Kengashi faoli.


Комментариев нет:
Отправить комментарий