25 декабря 2017 г.

To’gri yo’ldan adashma, tengdosh!

Umr go’yoki bir uzun temir yo’li…
Undagi bekatlar-turfa, rang-barang, mahzun va asosiysi, o’z dunyosiga ega. Har bir bekat sen uchun yangi bir olamni kashf etish mumkin. Sening harakatlaring natijasida esa bu olam goh yaxshi, goh yomon tarafga o’zgarib boraveradi. Ana shu olamlar ichida eng a’losi va mazmunlisi bu - Yoshlik bekatidir. Bu bekatda kimlardir quyosh nuri kabi taralayotgan ma’rifat ziyosi tomon odimlasa, yana kimlardir manqurtlik botqog’i tomon qadam tashlaydi.

Bugungi kunda yurtimizdagi minglab yoshlar, o’z bilim, iqtidori bilan mamalakatimiz  va hatto dunyo ahlini lol qoldirayotgani sir emas, albatta. Ular erishayotgan yutuqlar, zabt etayotgan marralarni ko’rib qalbingda faxr-iftixor tuyg’usi jo’sh uradi, ota-onasiga tashakkurlar aytging keladi. Ammo…
Ammo, ba’zida yoshlarimizning salbiy illatlar ta’siriga tushib qolishi, butun jahon yoshlarinin giyohvandlik, ichkilikbozlik, odam savdosi, jinoyatchilik, terrorizm kabi daxshatli illatlar o’z domiga tortayotgani sir emas, albatta. Buning natijasida ularning fikrlash doirasi, qilayotgan ishlari, butkul o’zgarib, faqat ma’lum bir maqsad-o’z xumorlarini qondirish, mo’may daromad topish va aldovchi kimsalar beradigan topshiriqlarni bajarishdan iborat bo’lib qoladi. Bu esa ularni manqurtlik botqog’iga yetaklashi shubhasiz!
Shu bois yoshlarimizni xalokatli jar yoqasidan qutqarish maqsadida O’zbekiston yoshlar ittifoqi ham bir qancha chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. Maktab, akademik litsey, kollej, oliygoh o’quvchi va talabalari, uyushmagan yoshlar uchun bir qator aksiyalar, tadbirlar, ochiq muloqotlar, davra suhbatlari, o’quv-seminarlar tashkil etib kelinmoqda.
Ana shunday davra suhbatlaridan biri viloyat Kengashi tomonidan Qarshi shahridagi bir qancha akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o’quvchilari uchun tashkil etildi. Ushbu yig’ilishda Viloyat Kengashi raisi Sh.Sattorov, bo’lim mudiri Mahliyo Shukurova, viloyat Press klub yetakchisi Shohruh Haydarov, Siyosiy-huquqiy ishlar yo’nalishi yetakchisi Iroda Ismatovalar ishtirok etdi.
Suhbatda ishtirok etgan kollej, litsey yetakchilari ham o’zlarining taklif va loyihalarini aytib o’tishdi. Muammolarning yechimi bo’yicha o’zaro savol-javoblar o’tkazilib, bir-birlari bilan fikr almashishdi. Shuningdek, muloqot davomida “Keyingi bekat” nomli qisqa metrajli film namoyish etdildi.

Shohruh Haydarov, Qarshi axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji o’quvchisi.

Комментариев нет:

Отправить комментарий