24 июля 2018 г.

“Yozni “Kamalak” bilan” loyihasi bolajonlarga quvonch ulashishda davom etmoqda


Qashqadaryo viloyatida ham bolajonlarning yozgi ta’til mavsumlarini mazmunli tashkil etish maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi qoshidagi “Kamalak” bolalar tashkiloti tomonidan barcha bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohlarida “Yozni “Kamalak” bilan” loyihasi tashkil etib kelinmoqda.

- Loyiha  yoz mavsumida yoshlar va bolalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni sog’lom turmush talablari asosida va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, bolalar orasida sportning ommaviy turlarini keng targ’ib qilish, siyosiy-huquqiy va diniy-ma’rifiy dunyoqarashlarini shakllantirish hamda ma’naviy hordiq olishlarini samarali tashkil etishni o’z oldiga maqsad qilgan, - deydi viloyat “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi N.Nazarova.
Bolajonlarni sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada kuchaytirish, ular o‘rtasida o‘zaro sog‘lom turmush-tarzini targ‘ib etish maqsadida ham guruhlar kesimida “Quvnoq estafeta” sport tadbirlari tashkil etilib, g’olib va faol ishtirokchilar rag’batlantirilib borilayotganligi ham tahsinga loyiq.
Ayniqsa, kechki madaniy va ko’ngilochar tadbirlarda viloyat sardorlar Kengashi tomonidan sahnalashtirilgan badiiy chiqishlar barchaga birdek manzur bo’lmoqda.
Loyiha davom etmoqda.
Ahror Sodiqov.

Комментариев нет:

Отправить комментарий