27 февраля 2019 г.

Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q!


IIV Qorovul qo'shinlari 7533-sonli harbiy qismning Koson tumanida joylashgan 4-batal'onidagi Yoshlar ittifoqining boshlang'ich tashkiloti va Koson tuman Yoshlar ittifoqi kengashi bilan hamkorlikda "Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q!" mavzusida yosh harbiy xizmatchilar bilan ekskursiya tashkil qilindi.

Ushbu ekskursiya davomida harbiy hizmatchilar Qarshi shahrida joylashgan tarixiy qadamjolarga sayohat uyishtirishdi.
Sayohatchilarning dastlabki manzili Xo'jayi Jarroh maqbarasi bo'ldi. Ushbu maqbarani ziyorat qilish davomida u kishi bilan bog'liq tarixiy voqealar, hayot yo'li va xalqimizga qoldirgan merosi haqida chuqur ma'lumotga ega bo'lishdi.
Shuningdek, ushbu ziyoratgoh qoshidagi Qatag'on qurbonlari xotirasiga bag'ishlangan muzeyda bo'lib, u yerdagi eksponatlar orqali o'sha davr haqida batafsil ma'lumotlar olishdi. Yosh harbiylarning keyingi manzili "Odina" masjidi bo'ldi. U yerda ham yosh harbiylar masjidning tarixi va ko'hna shaharning madaniyatiga qo'shgan beqiyos hissasi haqida yaqindan tanishdi. Bu ekskursiya orqali harbiy xizmatchilarimiz boy va shonli tarixi naqadar ulug'vorligini yana bir bor his etishdi.
O'ylaymizki, bu sayohatdan olgan taassurotlari ularning bundan keyingi xizmat faoliyati samaradorligini va jangovar qobiliyatlarini oshishiga turki bo'ldi.
Iqbol Abduxoliqov.

Комментариев нет:

Отправить комментарий