12 апреля 2018 г.

Qashqadaryo Yetakchilar Kengashi aprel oyida ham faollikni to'xtatmaydi

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyat Yetakchilar Kengashi tomonidan aprel - "O'rta maxsus ta'lim muassasalari boshlang'ich tashkilot yetakchilari va Yetakchilar Kengashi a'zolarining tengdoshlari bilan ishlash samaradorligini oshirish oyligi" doirasida joriy yilning 10-aprel kuni viloyatning tuman(shahar) Yetakchilar Kengashi uchun o'quv-seminar o'tkazildi.

11 апреля 2018 г.

Sevinch Tog’ayeva e’tibor va e’tirofdan mamnun

Bolalar o'rtasida ekologik madaniyat, tabiatga ehtiyotkorona munosabatni shaklantirish maqsadida joriy yilning 26-fevralidan 26-mart kuniga qadar Respublika miqyosida o'tkazilgan "Tabiatni birga asraylik!" loyihasi doirasida "Ona tabiat menga ilhom beradi" nomli fotosuratlar tanlovi tashkil etilgan edi.

Dilfuzani taqdir achchiq chig'irig'iga aylantirganda, biz qayerda edik? Bu voqea siz-u bizga saboq bo'lsin.

O’zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyat va Yakkabog’ tuman Kengashining sa’y-harakatlari bilan Dilfuza sog’lom hayotga qaytdi.
Dilfuza Buxorova 2002-yil 6-sentabr kuni Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan Dilfuza 3 yoshida onasidan ayrilib, momosining bag‘rida o‘sdi, ulg‘aydi. Hayotning achchiq-chuchuklari 2010-yilda mehribon momosining vafotidan so‘ng boshlandi. Bu orada otasiga ikkinchi xotin bo‘lib tushgan ayol Dilfuzani o‘z qizidek ko‘ra olmadi. Bir so‘z bilan aytganda, “yetimni boshini silash”ni, uning savobi ikki dunyoga yetishini unutdi.

10 апреля 2018 г.

Fidokorona mehnat Luizaga omad olib keldi. Endi u ham rahbar!

1986-yilda Qashqadaryo viloyati Koson tumanida tug’ilgan Luiza Boboyeva salohiyatli, kamtar, eng muhimi, jonkuyar, vijdonli xodimi sifatida jamoada va boshlang’ich tashkilot yetakchilari orasida alohida o‘ringa ega.