O'zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyat Yetakchilar Kengashi
tomonidan aprel - "O'rta maxsus ta'lim muassasalari boshlang'ich tashkilot
yetakchilari va Yetakchilar Kengashi a'zolarining tengdoshlari bilan ishlash
samaradorligini oshirish oyligi" doirasida joriy yilning 10-aprel kuni
viloyatning tuman(shahar) Yetakchilar Kengashi uchun o'quv-seminar o'tkazildi.
Seminar davomida har bir yetakchining oylik doirasida qanday ishlarni
amalga oshirishi kerakligi bo'yicha takliflari va ular uchun to'siq bo'ladigan
muammolar to'g'risida so'z bordi. Shuningdek, mazkur oyda viloyat yetakchilari
"Eng yaxshi audio asar", "Eng ajoyib yakshanba" va "Mehrli
maktublar" kabi yangi loyihalar va 11-18-aprel kunlari o'tkaziladigan
safarbarlik kunlari xususida ham bir qancha maqsadli ishlarni amalga oshirishga
kelishib olindi.
Shohruh Haydarov.
Комментариев нет:
Отправить комментарий