Bolalar o'rtasida ekologik
madaniyat, tabiatga ehtiyotkorona munosabatni shaklantirish maqsadida joriy
yilning 26-fevralidan 26-mart kuniga qadar Respublika miqyosida o'tkazilgan
"Tabiatni birga asraylik!" loyihasi doirasida "Ona tabiat menga
ilhom beradi" nomli fotosuratlar tanlovi tashkil etilgan edi.
Tanlovda ishtirok etgan 22 624 nafar
yosh ijodkorlar orasidan qashqadaryolik Sevinch Tog'ayevaning ijod namunasi
faxrli 3-o'ringa loyiq deb topilib, sovg’a sifatida Planshetni qo’lga
kiritgan edi. Bugun ushbu sovg’ani viloyat Kengashi raisi Shomurod Sattorov Sevinch
Tog’ayevaga taqdim etdi.
- O’zim matbuot sardori bo’lganim
sababli shu paytgacha loyihalarini yaqinlarimning qo'l telefonlaridan foydalanib,
ijtimoiy tarmoqlarda yoritib borar edim, - deydi jajji qahramonimiz. – Bugungi
sovg’a menga yanada katta imkoniyatlar eshigini ochdi. Bizning yurtda intilgan,
izlangan va Yurtboshimiz yaratib berayotgan sharoitlardan samarali foydalangan
yosh hech qachon e’tibordan chetda qolmaydi.
Sevinch😅😅😅
ОтветитьУдалить