10 апреля 2018 г.

Fidokorona mehnat Luizaga omad olib keldi. Endi u ham rahbar!

1986-yilda Qashqadaryo viloyati Koson tumanida tug’ilgan Luiza Boboyeva salohiyatli, kamtar, eng muhimi, jonkuyar, vijdonli xodimi sifatida jamoada va boshlang’ich tashkilot yetakchilari orasida alohida o‘ringa ega.

U Qarshi davlat universitetini tamomlagach, o’z faoliyatini sobiq Yoshlar ittifoqining Qarshi shahridagi 23-umumta’lim maktabining yoshlar yetakchiligidan boshladi.
Faoliyati davomida yoshlar taqdiriga befarq qaray olmaydigan, o’ziga ishonib topshirilgan vazifalarini sitqidildan bajarishi rahbariyatning e’tiboridan chetda qolmadi.
Luiza Boboyeva endi faoliyatini Yoshlar ittifoqining Qarshi shahar Kengashi raisi o’rinbosari, Qarshi shahar “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi vazifasida davom ettiradi.

Bildirilgan ishonch Sizni yuqori marralar sari yetaklasin, Luiza Nurmatovna!

Комментариев нет:

Отправить комментарий