Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning birinchi marta mamlakatimiz
Parlamenti – Oliy Majlisga Murojaatnomalarida iqtidorli yoshlarni har tomonlama
qo‘llab-quvvatlash, ularning o‘z iste’dod va salohiyatini yuzaga chiqarish,
yosh avlodga mehr va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish zarurligi alohida ta’kidlandi.
Meni quvontirgan yana bir jihat — chet ellarda o‘qiyotgan, mehnat
qilayotgan va yashayotgan yoshlarni huquq va manfaatlarini himoya qilish,
yurtimizga qaytish istagida bo‘lganlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida
O‘zbekiston yoshlari xalqaro assotsiatsiyasini tuzish va uning samarali
faoliyat yuritishi uchun tegishli sharoit yaratib berilishi bo‘ldi.
Bularning barchasi mamlakatimiz rahbari tomonidan xalqni, ayniqsa,
yoshlar manfaatini o‘ylab, ularni kelgusida buyuk ajdodlarimizga munosib avlod
bo‘lib voyaga yetishishini ta’minlashga qarata qilinayotgan oqilona siyosatning
mevasidir.
Bu еsa — mas’uliyat degani!
Shomurod Sattarov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
Qashqadaryo viloyat Kengashi raisi.
Комментариев нет:
Отправить комментарий