Insoniyat yaratilibdiki,
turmush sharoitini yaxshilashga, nimagadir erishish,
jamiyatda o`z o`rniga ega
bo`lishga intiladi, bu
intilish- uning
maqsadlarida, yashashida,
bor xatti-
harakatida aks
etadi. Shunday marralar
bo`ladiki, uni zabt etmoq jamoa bilan, xalq bilan intilishni talab etadi… Bizning
tabiatimizga xos bo`lgan jihatlardan biri shuki: umrimiz davomida
mashaqqatlarni yengib bir yutuqqa erishsak, kuchimizga, e`tiqod va qat’iyatimizga
ishonchimiz ortadi va yangidan yangi
orzular qilib, unga yetishishga, buning uchun mehnat qilishga undaydi. Aslida
hayotimizning mazmuni ham shundan iboratdir.
Lekin, har qanday orzuning amalga
oshishi uchun imkoniyat yaratilishi, shu bilan birga maqsadimiz biz mansub bo`lgan
jamiyat manfaatlariga ham hamohang
bo`lshi lozim! Negaki bir insonning ko`ngil hohish- istaklari yo`lida butun
jamiyat kurashmaydi! Buning uchun
millionlab kishilarni birlashtiradigan birlik, kuch bo`lishi kerak. Bizda shakllangan xususiyatlardan yana biri: biz behisob orzu, umid qilamiz?
Ammo bir narsani hamisha ham
anglamaymiz: shunday maqsadlar bo`ladi, unga xalqlar bir yoqadan bosh chiqarib,
ahillik bilan erishilsa, ko`plab orzu-istaklarimiz o`z-o`zidan amalga oshadi
yoki ularga yetishish osonlashadi.
Ana shu
katta maqsadga,
beqiyos qudrat,
cheksiz imkoniyatlar,
buyuk ne’matga biz
26 yil oldin
qozongan shonli
g`alaba- mustaqillikka erishish sababli ega bo`ldik.
Barchamizga yaxshi
ma`lum, ota-bobolarimiz mustaqillik yo`lini kecha
ixtiyor etib,
ertasi unga
erishganlari yo`q. Zero, bugunga qadar
xalqimiz qo`lga kiritgan eng buyuk yutuq
bilan faxrlanib,
istiqlol bergan
imkoniyatlardan foydalanar ekanmiz,
mustaqillik uchun
bo`lib o`tgan kurashlar, mashaqqatlar,
uni mustahkamlash maqsadida davom etib kelayotgan say-harakatlarni, bizga baxtli
hayot tuhfa
etgan xaqimizning tarixini o`rganishimiz, shubxasiz oldimizga qo`ygan kelgusi
ishlarimizning muvaffaqiyatli bo`lishida, vatanimiz erkinligi va taraqqiyotini kafolatlashda qo`l keladi.
Chunki bugungi yutuqlarimizning kaliti tarix
sahifalarida mujassam.
Bundan bir nech o`n yillar oldin jahonning ayrim
mamlakatlarini o`z tarkibida “birlashtirgan” SSSR imperiyasi yer yuzida hukm
surardi. Imperiyaning rahbarlari mustamlaka davlatlar xalqlariga, baxtu saodat
va’da qilishdan nariga o`tmay, adolatni
shaxsiy manfaat, iymon- e’tiqodlarini o`tkinchi hayot haqidagi xom tasavvurlari
sabab boy berib borardilar. Biz-mustaqillik yillarida kamol topgan insonlar tarixdan
bilamizki, SSSR imperiyasidan mamnun bo`lgan, baxtiyor hayot kechirgan insonlar
ham bo`lgan. Ammo ularning deyarli bari imperiya rahbarlariga tobe bo`lgan
odamlar edi. Mana shu holatning o`zi imperiya ildiziga bolta uruvchi
sabablaridan biri bo`ldi. 2-sabab, davlatlardan, jumladan bizning vatanimizdan
ham tashib ketilayotgan boyliklarning haqi mehnat qilgan odamlarga, egasi
bo`lmish davlatlarga kam berilib, aldab qo`yilaverardi…
Bunday munofiqlik ishlari davom etaverar ekan, haqiqatni yuzaga
chiqarish, insonlarni to`g`rilikka, baxtli turmushga erishtirish, har qanday
yovuzlikka nuqta
qo`yish uchun o`sha vaqtdagi tahlikali hayot vaqtida minglab mashaqqatlarni yelkalariga ortib,
yurtga yo`lboshchi bo`lib mamlakatimizning birinchi prezidenti Islom Abdug`aniyevich Karimov
maydonga chiqadilar.
Biroq, Islom Karimov amalga oshirishni lozim deb
bilgan ishlarni bajarish uchun yurtda na imkoniyat, na katta rahbarlarda hohish bor edi. Sababi O`zbekistondek katta imkoniyatlar
makonidan ajralib qolish kimlargadir nonidan ajralish bilan barobar bo`lgan.
Vaziyatni obdon
o`rgangan, maqsadga erishish oson bo`lmasigini anglagan Islom
Karimov xalqimizning ma’naviyatini, iymonli,
sabrli elimizning kelajakka, ozod va obod
Vatan qurishga bo`lgan ishtiyoqi,
ezgulikka bo`lgan ishonchini mustaqil va demokratik davlat bunyod etishda
asosiy kuch
deb baholaganlar va shunga tayanib
ish ko`rganlar. Har bir ishga mas’uliyat bilan yondashib, kuchli iroda va shijoatni
faoliyatlarida mujassamlashtirgan Birinchi
Prezidentimiz 1989- yil 21- oktabrda O`zbekiston mustaqil davlatga albatta
aylanishi, buni barcha aniq tushunishi lozimligini amalda “O`zbek tiliga davlat
tili maqomi”ni berilishi orqali
isbotladilar.
Dastlabki qadamning yutug`idan ko`ngli shodlikka to`lgan xalqimiz hayotga katta umid,
cheksiz orzu-havas bilan
qaray boshladi,
o`zining buyuk istiqboli borligiga ishondi, prezidentga,
yurtga yelkadosh bo`ldi.
Zaiflashib qolayotgan imperiya esa tobora parokanda
bo`lib boraverdi. 1990 yil Litva, Latviya, Estoniya davlatlari SSSR tarkibidan ajralib chiqdilar. Xuddi shu
yil 24-martda O`zbekistonda sobiq ittifoq davlatlari orasida birinchi bo`lib
prezidentlik boshqaruvi joriy etilgani bosh maqsadimizning, tutgan yo`limizning
to`g`riliga ishonchimizni orttirdi.
Vaqt adolat
qaror topmagan joyda farovonlik, insonlarining baxtu saodati, porloq
kelajagi bo`lmasligini ko`rsatdi.
Islom Karimov
1991-yil 31-avgustda Vatanimiz mustaqilligini e’lon qilish
barobarida, dunyoda
o`zbek xalqi bor
joyda adolat
tantana qilishini,
to`g`rilik yo`lini tutgan
xoh inson
bo`lsin, xoh jamiyat
bo`lsin, ko`zlagan barcha ezgu
orzu- istaklariga erishishini isbotladilar.
Mustaqillikning dastlabki yillarida garchi sobiq ittifoq
1991-yil so`nggida parchalanib ketganiga qaramasdan imperiyani qayta
tuzmoqchi, davlatlar bo`yniga yana
qaramlik, erksizlik zanjirini bog`lamoqchi bo`lgan kishilar harakati davom etib turdi.
Islom Karimov
mustaqillik qo`lga kiritilgan ekan, endi uni
boy bermaslik,
xizmat qilish
boru rohati
bo`lmagan yana eski
ahvolga tushmaslik uchun barchani el-yurt manfaatini o`zida mujassamlashtirgan yagona maqsad
va g`oya atrofida birlashtirishga harakat qildilar.
Bunda albtta, o`tmishdan kerakli xulosa olgan,
kelajakdan umidi katta xalqimiz yurtboshiga ko`makchi bo`ldi.
Xalqning ishonchini yo`qotmaslik, zamon
o`g`ir bo`lsada ko`zlangan manzilga yetish, hech kimga
qaram bo`lmagan O`zbekistonni bunyod
etish yo`lida Islom
Karimov davlatning istiqlol va taraqqiyot yo`lini belgilab beruvchi dastur- “Taraqqiyotning o`zbek modeli”ni ishlab chiqdilar.
“O`zbek modeli”ning har bir tamoyili mamlakatni
iqtisodiy, madaniy, siyosiy rivojlantirishni, davlat va jamiyatda qonunning ustun
bo`lishini, olib boriladigan siyosat, islohotlar xalqimizning buyuk an’ana va
qadriyatlariga, ruhiga, madaniyatiga hamohang bo`lishini ta’minladi. Birinchi Prezidentimiz
Islom Karimov “O`zbek modeli”ning: iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi, davlat
bosh islohotchi bo`lishi, qonun ustuvorligi, kuchli ijtimoiy siyosat, bozor
munosabatlariga bosqichma-bosqich o`tish
tamoyillarini ishlab chiqishda xalqimiz tarixini, o`sha davrdagi
vaziyatni, kelajakda amalga oshiriladigan ishlarni o`rganish bilan birga jahon
davlatlarining hayotini, tajribasini, yutuq va kamchiliklarini ko`zdan
kechirganlar. Negaki yangi davrda, yangi sharoitda qo`yilajak har bir qadam kelgusida
ijobiy natija bermog`i, afsus va nadomatda qoldirmasligi, yangilanishlar xalq ko`nglidan
joy olmog`i, kelajak avlodlar uchun mustahkam poydevor yaratmog`i kerak edi. Shubhasiz, teran fikrlab, puxta o`ylab
qilingan ishlar, o`z natijasini bera boshladi. Har bir yilni el-yurt manfaatiga
mos keluvchi nom bilan atash, bunga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va
hayotga tatbiq etish, davlat mustaqilligini mustahkamlovchi, aholining turmush
darajasini oshiruvchi iqtisodiyotga katta e’tibor qaratilishi, barcha
tashabbuskorlik va fidoyilikning, Vatanga, ezgulikka bo`lgan muhabbatni
shakllantiruvchi- ma’naviyatni tiklash va yuksaltirish, davlat hayotida tichlik
va rivojlanishni ta’minlab beruvchi, bosh qonun-Konstitutsiyaning qabul qilingani
insonlarning ko`zlagan pok niyatlarga erishishiga, hayotdan rozi bo`lib
yashashiga imkoniyat yaratdi.
O`sha davrda eski
zamonni qo`msovchilar tomonidan aytilgan: erkinlikka chiqqan
davlatlar ozodlik
havosidan to`yib nafas
olgach yana
qayta imperiya ostida birlashadilar, degan
so`zlariga javoban Islom
Karimov: “Axir
o`zingiz ayting, ozodlik havosiga to`yish mumkinmi?”,-
deya xalqimizga murojaat qilar ekan,
o`zbek xalqi aslo
bu qaramlikka bosh egmasligini, tanlangan va o`zining ijobiy natijasini berayotgan, jahon davlatlari,
olimu siyosatchilar,
keng jamoatchilik vakillari, hatto elimizning demokratik davlat qurishiga qarshi bo`lgan shaxslar ham
tan berayotgan-taraqqiyot yo`limizdan chekinmasligimizni ta’kidladilar.
Mustaqillik tarixini o`rganar ekanmiz, bir davlatning
ikkinchi bir davlatga qaram bo`lib qolishi tobe davlatni imkoniyatlaridan,
baxtli kelajagidan mosuvo etishini anglaymiz. Davlat o`ziga xon, o`ziga bek
bo`lsagina, maqsadini to`g`ri fikrlab belgilasa va unga yetishish yo`lida mehnat qilsa yangi muvaffaqqiyatlarga
erishadi. O`zbekiston sobiq ittifoq tarkibida bo`lganda cheksiz
imkoniyatlaridan mustaqil foydalana olmas, tadbirkorlik qilmoqchi bo`lgan inson
qiyinchiligu tashvishlardan, xavf-xatardan qo`rqib ortga chekinar,
yozuvchilar yuragidan emas, markazdan chiqqan fikrlarni asar qilib yozishga majbur
etilar, erkinlik va farovon turmush g`oyalari hukmron siyosat ostida ko`milib
qolgan edi. Ammo mustaqilllikdan so`ng xalqimiz hayoti tubdan o`zgardi. Ishbilarmon
kishilarga dunyo eshiklari ochiq. Jahon mamlakatlari ham O`zbekiston bilan diplomatik va iqtisodiy aloqalarni yo`lga
qo`yishdi.
Islom Karimov
davlatni taraqqiy toptirishda siyosiy va
madaniy sohalarda ham davlatlararo aloqalar o`rnatishga, dunyoda
tinchlikni ta’minlash, farovonlikni oshirish, ma’naviyatni yuksaltirish borasida islohotlar o`tkazdilar. Jahon tashkilotlari, hamkorlik uchrashuvlarida
so`zlagan nutqlarida mavjud muammolarni o`rganib chiqib hal etish bo`yicha
takliflar bildirdi va jahonda sodir bo`layotgan har qanday muammo, jinoyatchilik,
inqirozlarga ogohlik ko`zi bilan qarashni, bunga faqat shu davlatning ishi deb
e’tiborsiz qoldirish noto`g`ri ekanini targ`ib etdilar. O`zbekiston Birlashgan
Millatlar Tashkiloti, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Kengashi, Shanhay
hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligiga a’zo bo`ldi, Islom Karimov xalqimiz tabiatiga xos bo`lgan
mehr- oqibat o`zaro yordam kabi hislatlarga sodiq qolib yordamga muhtoj bo`lgan
davlatlarga ko`mak berib keldilar.
Mamlakatimizning Birinchi Prezidenti tarixga,
ajdodlarimizga bo`lgan hurmatimizni yo`qotmaslik, xalqimiz, jahon tarixini o`rganish, dunyo tarixi va kelajagida o`zbek xalqining o`rnini
aniqlash, yuksaltirish borasida ham chuqur islohotlar amalga oshirdilar.
Ajdodlarimiz hayotinini o`rganish, xalqqa yetkazish, ularning xotirasiga
muqaddas qadamjolar barpo etish, ularning nomlari bilan bog` va shaharlarning
atalishi, fazilatlari ifodalangan haykallarning o`rnatilishi xalqimiz, kelajak avlodlar tarbiyasida
ajdodlarga, buyuk tariximizga hurmat bilan munosabatda bo`lishga, ularga munosib
bo`lib yashashga undaydi. Xalqimizni ozodlik yo`liga olib chiqqan Islom
Karimovning amalga oshirgan islohotlari faqat qabul qilingan yildagina natija berib qolmasdan, bugungi davrda ham yosh avlodning yorqin
kelajagini ta’minlashda katta hissasini
qo`shmoqda.
Islom Karimovning xalqni ozodlikka erishtirish,
demokratik huquqiy
davlat qurish
yo`lidagi buyuk xizmatlari,
olijanob hislatlari,
ulug` bobokalonlarimizga xos bo`lgan mardlik
va jasorat
ila kechirgan umrlari biz uchun
katta saboq
maktabi bo`lib qoladi,
nafaqat xalqimiz,
balki, dunyo xalqlari ham
elimizning buyuk
farzandlari hayotidan,
amalga oshirgan ishlaridan , kuch- g`ayratlaridan ilhomlanib o`z istiqbollarini bunyod
etadilar.
Nodira Umirova, Qashqadaryo viloyati
Muborak axborot texnologiyalari va xizmat ko`rsatish kasb-hunar kolleji o`qituvchisi.

Комментариев нет:
Отправить комментарий