2 февраля 2018 г.

Rais o’rinbosari: Har bir xodim o’zi tahsil olgan ta’lim muassasasini namunali xolatga keltiradi

Avval xabar berganimizdek, viloyat Kengashi raisining rasmiy topshirigiga asosan, joriy yilning 31-yanvar va 1-fevral kunlari Qashqadaryo viloyatida "Boshlangich tashkilot yetakchilari bilan ochiq muloqot otkazish kuni" yuqori saviyada tashkil etildi.

Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi raisi orinbosari Sobirjon Musulmonov Guzor va Qamashi tumanlaridagi Yoshlar yetakchilari bilan ochiq muloqotga kirishdi.

- Faoliyatimizni tanqidiy ko’rib chiqish vaqti keldi, - dedi rais o’rinbosari. – Endilikda tuman Kengashi xodimlari o’zlari tahsil olgan ta’lim muassasasini namunali xolatga keltirishdan boshlaydi. Harakat bizdan boshlanishi kerak. Kerak bo’lsa, o’zim ham tahsil olgan maktabimga har hafta boraman. Ming afsuslar bo’lsinki, hali ham yetakchilar ko’p dars qoldiruvchi va qoloq o’quvchilar bilan yaxshi ish olib bormayapti.

Ahror Sodiqov.

Комментариев нет:

Отправить комментарий