Qarshi shahrida Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov
tavalludining 80 yilligi munosabati bilan qad rostlagan haykallari yonida
“Ittifoq” va “Kamalak” Sardorlar kengashiga sardorlik nishonlarini topshirish
marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyat Kengashi raisi Sh.Sattorov va viloyat
Kengashi raisi o‘rinbosari, viloyat “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi
N.Nazarovalar sardorlik nishonlarini taqib, ularni samimiy tabrikladilar.
Sardorlar ham bu ishonch va rag‘batga javoban, “Vatanga muhabbatni amalda
isbotlaymiz!”, deya baralla, bir ovozda jo‘r bo‘lib aytdilar.
Shundan so‘ng, jajji iste'dod egalari tomonidan madaniy
dastur tashkil etildi. Unda faol yoshlar tomonidan tayyorlangan musiqiy dastur
va raqslar tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
Ahror Sodiqov.
Комментариев нет:
Отправить комментарий