2 февраля 2018 г.

Viloyat “Kamalak” sardori nega maktab direktori xonasigacha kirib bordi?

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 31-yanvar va 1-fevral kunlari Qashqadaryo viloyatida "Boshlang‘ich tashkilot yetakchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazish kuni" yuqori saviyada tashkil etildi.

Ushbu ochiq muloqotlarga viloyat Sardorlari ham jalb etilib, ular ta’lim muassasalaridagi sardorlarga yaratib berilgan sharoitlar bilan tanishdi.
- Koson tumanidagi 85-maktab sinf Sardorlari bilan uchrashdik, - deydi viloyat “Kamalak” sardori  M.Jo’raqulova. – Ular uchun zamon talablari tarajasidagi sharoitni yaratib berish bo’yicha maktab direktoriga ham murojaat qildik. Chunki, endi sardorlarimiz faqat maktab bilan cheklanmasdan o’z yo’nalishlari bo’yicha uyushmagan yoshlar bilan ishlashda Yoshlar yetakchisiga ko’makdosh bo’lishi kerak.
P.S.: Barakalla, shunga aytsalar kerakda, “Kichkina demang bizni…”, deb. Har bir Yetakchi va Sardordan mana shunday amaliy ishlarni kutib qolamiz.
Ahror Sodiqov.

Комментариев нет:

Отправить комментарий