Kasbi tumanida ham Yoshlar yetakchilari bilan ochiq muloqot xuddi G'uzor va Qamashi tumanlarida bo'lgani kabi tanqidiy ruhda o'tdi.
- Men bu yerga shunchaki nomiga tadbir o'tkazish va rasmga olib xisobotga
tikish uchun kelmadim, - dedi viloyat Kengashi bo'lim mudiri Ulug'bek Sultonov. -
Yoshlar yetakchisi yoshlarning har qanday muammosi bilan qiziqishi kerak. Hali
ham mahallalaringizdagi uyushmagan yoshlar bilan ishlash tizimi yaxshi emas. Bu
borada tumaningizdagi birgina insonni e'tirof etishim mumkin - Feruz Berdiyev!
Uning tashabbusi bilan qancha uyushmagan yosh mavsumiy ish bilan ta'minlangan
edi.
E'tirof etilgan Feruz Berdiyev Kasbi tumanidagi 5-umumta'lim maktabi Yoshlar
yetakchisi. U paxta mavsumida uyushmagan yoshlarning mavsumiy bandligini
ta'minlash va ularning ijtimoiy sharoitini yaxshilash maqsadida “Fidoyi yoshlar
otryadi”ni tashkil etib, 165 nafardan iborat jamoa bilan atigi 64 kun davomida
690 tonna paxtani terib olishda jonbozlik ko'rsatgan edi. Hammaga ma’lumki, uning nomzodi "O'zbekiston yoshlar ittifoqi mukofoti"ga tavsiya
etilgan. Sizlar ham fidoyilik qiling, maktabingizda ta’lim sifatini yaxshilang,
mahallangizdagi uyushmagan va ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan
ishlang. Shunda sizni ham davlat, xalq e’tirof etadi.
Shuningdek, ochiq muloqotdan so’ng, ta’lim muassasalaridagi
shart-sharoitlar va ta’lim sifatining qay darajada ekanligi o’rganildi, ayrim
kamchiliklar bo’yicha ko’rsatmalar berildi.
Ahror Sodiqov.




Комментариев нет:
Отправить комментарий