Boquvchisi yo’q, ishsiz, 2 nafar voyaga yetmagan farzandi
bilan ta’mirtalab uyda yashab kelayotgan Qalqonova Maysara opani ahvolini
o’rgangan Yakkabog’ tuman Kengashi "Kamalak" bolalar tashkiloti raisi
U.Islomova tun-u kun amaliy yechib topish maqsadida bir qarasangiz “bo’sh ish
o’rni bor”, degan tashkilot darvozasida, bir qarasangiz mahallada, bir
qarasangiz tuman hokimligi eshigida sarson bo’ldi.
Bugun Umida Islomova amaliy natijaga erishdi. Uning sa’y-harakati bilan
tuman hokimi uyni to’liq ta’mirlab berishni o’z zimmasiga olib, bir tadbirkorni
ushbu oilaga homiy qilib biriktirgan bo’lsa, mahalla tomonida ko’mir va moddiy
yordam ajratildi.
Shunga aytsalar kerakda, “Harakatda barokat bo’ladi”, deb.
P.S.: Faqatgina,
tuman hokimi o’z va’dasida to’rib, uyni ta’mirlab bersalar bo’ldi. Demak, bu
mavzuga ajoyib xushxabarlar bilan qaytamiz, xudo xoxlasa!
Ahror Sodiqov.



Комментариев нет:
Отправить комментарий