O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi majlislar zalida Yoshlar
ittifoqining boshlang‘ich tashkilotini tuzish bo‘yicha ta'sis yig‘ilishi bo‘lib
o‘tdi.
Ushbu ta'sis yig‘ilishida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi
raisi o’rinbosari, viloyat “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi N.Nazarova va
partiyaning viloyat Kengashi apparat rahbari O.Sherov va partiyaning 30
yoshgacha bo‘lgan xodimlari ishtirok etishdi.
Yoshlar yetakchisi lavozimiga tavsiya etilgan 3 nafar nomzoddan eng ko‘p
ovoz to‘plagan Olim Mavlonov ushbu lavozimga loyiq deb topildi.
Shundan so‘ng, Yoshlar ittifoqining viloyat Kengashi raisi o’rinbosari va
partiyaning viloyat Kengashi apparat rahbari bilan yosh xodimlarning ochiq
muloqoti tashkil etildi hamda qilinishi kerak bo’lgan istiqbolli chora-tadbirlar
belgilab olindi.
Ahror Sodiqov.
Комментариев нет:
Отправить комментарий