Muborak va Chiroqchi tumanlarida ham Yoshlar yetakchilari bilan ochiq
muloqotlar xuddi Kasbi, G'uzor va Qamashi tumanlarida bo'lgani kabi tanqidiy
ruhda o'tdi.
- Men minbarga chiqib, chiroyli rasmga tushish uchun kelmadim, - dedi
viloyat Kengashi raisi o’rinbosari, viloyat “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi
N.Nazarova. – Prezidentimiz yoshlar masalasini davlat siyosati darajasiga ko’tarib,
qo’llab turgan bir paytda, biz e’tiborsiz
bo’lishimiz mumkinmi? Men sizlarni yoshlar masalasida har tomonlama chaqqon va
tezkor bo’lishlaringizni, sizlar tanimagan, sizlarni tanimagan mahalla yoshlari
bo’lmasligini xoxlayman. Kelajak avlod uchun qiladigan ishlarimiz samarali bo’lishi
kerak!
Ma’lumot o’rnida shuni aytish joizki, bugungi kunda viloyatimizda 1900
dan ortiq boshlang’ich tashkilotlar mavjud. Ularda faoliyat yuritayotgan
Yoshlar yetakchilari oylik maosh va shart-sharoitga ega xonalar bilan ta’minlangan.
Faqat, ishlash, ozroq Vatan uchun jon koyitish kerak, - deb kuyunib gapirdi rais
o’rinbosari.
Shuningdek, Chiroqchi tumaniga borgan viloyat Kengashi bo’lim mudiri
Abror Rahmonov ham Yoshlar yetakchilarini faollikka chaqirib, yoshlarimizni
porloq taqdiri uchun yurakdan xizmat qilishga, mana shunday tinch va farovon
kunlarni kelajak avlodga ham yetkazishimiz kerakligini ta’kidladi.
P/S/: O’ylaymizki, bu tanqidlar bekorga emas. Hammasi ertangi kelajagimiz
egalari bo’lgan yoshlarning porloq taqdiri uchun. Demak, barchamiz
birlashaylik!
Ahror Sodiqov.




Комментариев нет:
Отправить комментарий