O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengash raisi o’rinbosari
O’.Shukurov Qashqadaryo viloyatida bo’lib, Boshlang’ich tashkilot yetakchilari uchun o’quv-seminar
tashkil etdi.
Mazkur o’quv-seminarlarda asosan, yoshlarga oid davlat siyosatining
amalga oshirilishi, Yoshlar yetakchilari faoliyatini qo’llab-quvvatlash va
yoshlar ta’lim-tarbiyasiga e’tibordan chetda qolayotgan jihatlar haqida so’z
bordi.
Shuningdek, ta’lim muassasalaridagi boshlang’ich tashkilotlar faoliyati
ham o’rganildi.
Barcha tuman va shaharlarda tashkil etilgan o’quv-seminarlar so’ngida
Yoshlar yetakchilari bilan ochiq muloqot ham tashkil etildi. Muloqotlar
anchayin tanqidiy ruhda o’tdi.
- Tuman “Kamalak” raislari nima ish qilayotganini bilmasa, o’zi bilmagan
narsa haqida boshqalarga nima deyishi mumkin?, - dedi raisi o’rinbosari kuyunib.
- Ta’lim
muassasasida ta’lim sifatini (mas’uliyatsiz o’qituvchilar haqida so’z bormoqda)
yaxshilamagan, doimiy dars qoldiruvchi o’quvchilarning muammolari va
mahalladagi uyushmagan yoshlarning bandligi bilan shug'illanmagan Yoshlar yetakchisi o’z
vazifasidan ozod etiladi. Qashqadaryoda BT yetakchisi, “Ittifoq” va “Kamalak”
Sardorlari bormi, o’zi? Ahvol bunchalik achinarli ekanligini bilmagandim.
Hurmatli yetakchilar!
Yuqoridagi tanqidlar o’rinli.
Vijdonan ishlash
vaqti keldi.
Комментариев нет:
Отправить комментарий