Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy
Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi,
Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya va Milliy xavfsizlik xizmati
hamda Davlat bojxona qo‘mitasi bilan Qo‘shma Qaror imzolagan edi.
Qo‘shma qaror ijrosini ta'minlash maqsadida Qashqadaryo viloyat Ichki
ishlar boshqarmasi jazoni ijro bo‘limi 64/49-sonli muassasasida O‘zbekiston
yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilotini tuzish bo‘yicha Ta'sis
yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu Ta'sis yig‘ilishida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi
raisi, muassasa boshlig‘i va 30 yoshgacha bo‘lgan xodimlar ishtirok etishdi.
Muassasaning Yoshlar yetakchisi lavozimiga tavsiya etilgan 3 nafar
nomzodddan eng ko‘p ovoz to‘plagan Usmonjon Xolmo‘minov ushbu lavozimga loyiq
deb topildi.
- Endilikda jazoni ijro etish muassasasida ish boshlaydigan Yoshlar ittifoqi yetakchisi muassasaning yosh
xodimlari va yosh mahkumlarning muammo va tashvishlari bilan o‘rtoqlashadi, -
deydi viloyat Kengashi raisi Shomurod Sattorov. - Shuningdek, ishchi-xodimlarni
har tomonlama yetuk kadrlar bo‘lib yetishishlarini ta'minlash maqsadida turli
xil sport musobaqalari, ma'daniy-ma'rifiy va ko‘ngilochar tadbirlarni tashkil
etadi.
Shundan so‘ng, Yoshlar ittifoqining viloyat Kengashi raisi va muassasa
boshlig‘i bilan yosh xodimlarning ochiq muloqoti tashkil etildi.
Ahror Sodiqov.
Комментариев нет:
Отправить комментарий