27 марта 2019 г.

#kitobchallenge, #kitobhadya. Qashqadaryo viloyati yoshlar yetakchisi mehribonlik uylariga ham badiiy kitoblar sovg’a qildi


Kitob asrlarni-asrlarga, zamonlarni-zamonlarga, rishtalarni-rishtalarga ulovchi, ezgilik va baxtga eltuvchi vosita. “Kitobsiz xonadon jaholatga o‘xshaydi”, degan ekan bir donishmand.

 Bugungi kunda Prezidentimiz tashabbuslari bilan yurtimizda yoshlar o'rtasida kitobxonlikni kuchaytirish, navqiron avlodning adabiyotga bo'lgan mehrini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar kelajakda o’z mevasini bermasdan qolmaydi.
Yoshlar ittifoqining Qashqadaryo viloyat Kengashi raisi o’zi ta’lim olgan maktabga, shuningdek, viloyatdagi mavjud mehribonlik uylariga ham jahon va o’zbek adabiyotining durdona asarlarini taqdim etdi.
Bu kabi ezgu ishlar Ittifoqning viloyat Kengashi mas’ul xodimlari, tuman (shahar) Kengashi raislari va boshlang’ich tashkilot yetakchilari ishtirokida ham davom etmoqda.

Комментариев нет:

Отправить комментарий