1 апреля 2019 г.

Qashqadaryoda "Mard o‘g‘lon" davlat mukofotiga munosib nomzodlar saralab olindi


Qashqadaryo viloyat “Yoshlar” markazida O’zbekistan Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-noyabrdagi Qarori asosida ta’sis etilgan “Mard o’g’lon” davlat mukofoti nomzodlarining hujjatlari hududiy komissiya tomonidan o’rganib chiqildi.

Saralash jarayonlarida viloyat hokimi o‘rinbosari, mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida tuzilgan ishchi guruh har bir yo‘nalish bo‘yicha eng iqtidorli, bilimli, ilg‘or yoshlarning nomzodlarini saralab olishga kirishdi.
Nizomga muvofiq, ushbu davlat mukofotiga ilmiy faoliyatidagi muvaffaqiyatlari, ijtimoiy faolligi va iste’dodi bilan tengdoshlariga o’rnak bo’lib kelayotgan 14 yoshga to’lgan va 30 yoshdan oshmagan iqtidorli yigitlarga fan, ta’lim, tibbiyot, madaniyat, adabiyot, san’at, sport, ishlab chiqarish, harbiy xizmat sohalarida hamda huquqni muhofaza qilish organlaridagi faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun berilishi belgilangan.
Shuningdek, mukofotga talabgorlarni tanlashda har tomonlama xolislik va adolatni ta’minlash maqsadida barcha jarayonlar ommaviy axborot vositalari tomonidan bevosita yoritib borildi.
Ahror Sodiqov.

Комментариев нет:

Отправить комментарий