25 ноября 2017 г.

ISLOM KARIMOV O’ZBEK XALQINING BUYUK YO‘LBOSHCHI

Dunyoga kelgan har bir inson o’z tole bilan tug’ilib,
bu uning taqdirida aks etadi.
Ammo o’z taqdiri – xalq taqdirida
iz qoldirgan insonlar sanoqlidir.
SUQROT.


Bu ruyi zaminda baxt degan tushunchaning, baxt ta’mini tuyushning usullari ko’p. Ammo, bizningcha tom ma’nodagi baxt nahorda ko’zingni ozod va obod hur zamonda ochib, kechalari huddi shu farax kabi uyquda yotishda. Hech kimga mute bo’lmasligu, birovning oldida tiling qisiq bo’lmasligida, halovatinga hech kim daxl qilmasligida bo’las kerak. Bugungi hurriyat zamonida o’sayotgan avlod uchun balki, bu gaplar biroz notanish, biroz havoyi va biroz begonadek tuyulishi mumkin. Bir hisobda shunday bo’lgani ham yaxshi, totalitar tuzum haqidagi gapni, ularning musaffo ongiga kiritib, o’zimiz ko’rgan u haqidagi xotiralarni yoshlarni oshno qilib nima qildik.Ammo, u kunlar unutib yubormoq ham yaramaydi.Ular saboq, ular jonli misol, ular kechagi tarix.O’zingiz bilasiz tarixni unutgandi, kelajagi bo’lmaydi.Shunday qilib, yurtning kechagi kunidan so’z ochmoq, bugungi e’zozli kunlardan turib, e’zozli tuyg’u unitila yozgan. Uning o’rnini haybat, qo’rquv va taxlika egallab olgan davrlarimizga yana bir qur nazar tashlamoq bo’ldek.
Dunyodagi xalqlar va millatlarning ozodlik yo‘lidagi kurashlar tarixi shundan dalolat beradiki, jamiyat hayotidagi tub burilishlar davrida ijtimoiy-siyosiy vaziyatning o‘zi buyuk yo‘lboshchilarni maydonga chiqaradi. Hindiston tarixida Maxatma Gandi, Amerika Qo‘shma Shtatlari tarixida Jorj Vashington, Fransiya tarixida Sharl de-Gol, Turkiya tarixida Mustafo Kamol Otaturk ana shunday tarixiy missiyani o‘z zimmasiga olib, ona xalqining milliy ozodlik kurashiga boshchilik qilganini yaxshi bilamiz.
Bizning yurtimiz tarixida ham ana shunday ulug‘ yo‘lboshchilar tarixiy vaziyat taqozosi bilan maydonga chiqib, xalqimizni yovuz bosqinchilar zulmidan ozod etgan, uning sha'ni va g‘ururi, insoniy huquqlarini qayta tiklagan. Bu haqda gapirganda, Sohibqiron Amir Temur bobomiz XIV asrda Turkiston zaminini mo‘g‘ullar zulmidan ozod etib, ana shunday buyuk missiyani ado etganini hamisha g‘urur-iftixor bilan esga olamiz. XX asrning 90-yillariga kelib esa Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ana shunday o‘ta og‘ir va mas'uliyatli vazifani o‘z zimmasiga oldi.
Islom Abdug‘aniyevich Karimov O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, mamlakatimiz mustaqilligi va yangi davlatchiligining asoschisi, buyuk siyosatchi, tinchlikparvar va xalqparvar davlat rahbari, dono islohotchi sifatida xotiramizda qoladi.
Yaxshini eslamoq – savob, deydi xalqimiz.Islom Karimovning Vatanimiz tarixida tutgan o‘rni, o‘zbek xalqi oldidagi xizmatlari beqiyos.  Quyida ularning ayrimlarini keltiramizki, shuning o‘ziyoq Parvardigor o‘sha og‘ir damlarda xalqimizga nechog‘lik Buyuk Yo‘lboshchi ato etganini ko‘rsatadi. Bu haqda ko‘p gapirish, madh etishga hojat yo‘q, oddiy raqamlar, dalillarning o‘ziyoq bu shaxs haqida aniq tasavvur berajak. Xo‘sh, bular nimalardan iborat?
Islom Karimovning birinchi va eng buyuk xizmati – o‘zbek  xalqini ozod, O‘zbekiston davlatini mustaqil qildi.
Endi bir o‘ylab ko‘raylik.Mustaqillik osongina qo‘lga kiritilganmidi?Bu vaqtda respublikaning, xalqning ahvoli qay darajada edi?
Sobiq ittifoqdan bizga meros sifatida kommunistik mafkura, “paxta ishi” degan tuhmat, tazyiq, ta’qib, nohaq qamalishlar, xalq kayfiyatidagi tushkunlik, 1 millionga yaqin ishsiz, qariyb 9 million qashshoq aholi kabi ko‘plab asoratlar qolgandi. Shunday sharoitda butun boshli davlatni mustaqil yo‘lga olib chiqish, odamlarni yagona maqsad sari birlashtirishni Islom Karimov uddaladi.
70 yildan ziyod vaqt mobaynida faqat maqtalgan, ta’riflab ko‘kka ko‘tarilgan mustabid tuzumning butun kirdikorlarini aynan Islom Karimov aniq dalil va raqamlar bilan ochib tashladi. Dunyoda eng adolatli, insonparvar jamiyat deb tasvirlangan mustabid sovet tuzumi aslida zulm va zo‘ravonlikka asoslangan eng g‘ayriinsoniy jamiyat ekani bugun barchaga ayon. Vaholanki, Islom Karimovga qadar hech kim O‘zbekistondagi chuqur ijtimoiy-iqtisodiy inqiroz haqida, uning tub ildizlari to‘g‘risida shu qadar katta jasorat bilan gapirmagan edi.
Bebaho milliy boylik hisoblangan paxtani sodda dehqonlar yaratganning ulug’ bir ne’mati deb bilishardi.Ammo o’sha yillarda bu ne’mat xalqning boshiga og’ir kulfat yog’dirdi.“Paxta ishi”, “o‘zbek ishi” kabi nohaq ayblovlarni shunchaki qoralamadi, balki ularga huquqiy baho berish choralarini ko‘rdi. Natijada minglab hamyurtlarimiz oilalari bag‘riga qaytdi. Agar Prezident shu ishning boshida turmaganida o‘sha paytlarda na Oliy sud, na prokuratura bu ishlarni qayta ko‘rishga jur’at qila olmasligi bugun yakdil e’tirof etiladi.
Qo‘shni davlatlarda fuqarolar urushi, qon to‘kishlar yuz berib, millatlararo va diniy mojarolar avj olib turgan paytda Islom Karimov mamlakatni deyarli qon to‘kishlarsiz yangi yo‘lga olib chiqdi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov hukumat tepasiga kelgan bir vaqtda Farg‘ona, Namangan va Bo‘kada sun’iy yuzaga keltirilgan qaltis vaziyat, notinch Tojikiston, terror botqog‘idagi Afg‘onistonni yaxshi bilamiz. Shunday vaziyatda Birinchi Prezidentimizning jasorati, voqealarni oldindan ko‘ra bilishi, kuchli irodasi va qat’iyati sabab xalqimiz va mamlakatimiz achinarli qismatdan qutqarib qolindi. “Hizbut-tahrir”, “Turkiston islom harakati”, “Akromiylar” kabi oqimlar ostida birlashgan to‘dalarning vaqtida payi qirqilgani xalqni ko‘plab ko‘ngilsizliklardan omon saqladi.
Islom Karimov nafaqat yurtimizda tinchlik-osoyishtalikni  mustahkamlashda, balki mintaqadagi vaziyatni barqarorlashtirishda ham jonbozlik ko‘rsatdi. Aynan uning xizmatlari samarasida mintaqada hamjihatlik ta’minlandi, Afg‘on muammosini atroflicha hal qilishga kirishildi.
Faqat xomashyo yetkazib berishga asoslangan, qoloq va mo‘rt iqtisodiyotga ega davlatni inqiroz yoqasidan aynan Islom Karimov olib chiqdi.O‘zbekiston sobiq ittifoq tarkibida uzoq yillar davomida hukm surgan ma’muriy-buyruqbozlik tizimi ta’sirida faqat xomashyo yetkazib berishga asoslangan, qoloq va mo‘rt iqtisodiyotga ega bo‘lib, bu holat respublika aholisi daromadlari va turmush darajasiga ancha keskin ta’sir ko‘rsatgan.
Bu davrda O‘zbekiston aholi jon boshiga yalpi ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha ittifoqdosh respublikalar orasida 12-o‘rinni, daromad darajasi, asosiy turdagi mahsulotlarni iste’mol qilish jihatidan eng oxirgi o‘rinlardan birini egallab keldi.
Agar respublika iqtisodiy quvvatini tashkil etadigan barcha asosiy fondlar o‘sha davrda 100 milliard so‘m deb hisoblansa, amal qilayotgan tartibga ko‘ra, qariyb 30 milliard so‘m pul  ittifoq ixtiyorida edi. Ishlab chiqarishning asosiy fondlarida esa bu mutanosiblik yanada yomon bo‘lib, mablag‘larning beshdan ikki qismi ittifoq tasarrufida, shu jumladan, sanoatda ana shu mablag‘larning deyarli 70 foizi, transport hamda moddiy-texnik ta’minot, ilm-fanda 30 foizga yaqini ittifoqqa tegishli edi.
Islom Karimov har bir jamoa va davlat xo‘jaligi yetishtiriladigan paxta hajmini, avvalo, o‘zining iqtisodiy manfaatlaridan, o‘z daromadlaridan kelib chiqib, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini hisobga olib, o‘zi belgilashini, shunga ko‘ra 1990-yilda 1988-yildagi 1 million 710 ming tonna o‘rniga 1 million 500 ming tonna paxta tolasi, ya’ni 210 ming tonna kam tola xarid qilish rejalashtirilganini qat’iy ko‘rsatib berdi. Shuningdek, hal qilinishi respublikamizning  deyarli butun aholisi manfaatlari va farovonligiga ta’sir ko‘rsatuvchi  muammo – paxta narxini qayta ko‘rib chiqish masalasini o‘z mas’uliyatiga oldi. Holbuki, o‘sha davrda bu muammoni hal qilish uchun kamida 1,5 milliard so‘m talab qilinar edi.
Sobiq ittifoq konstitutsiyasida barcha davlat mulki (bu hamma asosiy fondlarning deyarli 90 foizini tashkil etgan) “Butun sovet xalqiga tegishlidir” degan qoida belgilangan, biroq u hech qanday real asosga ega emas edi. Respublikamiz o‘z boyliklarini o‘zi tasarruf eta olmas ekan, undan xalq manfaati yo‘lida, samarali foydalanish haqida umuman gap bo‘lishi mumkin emasdi.
Masalan, paxta tolasi va qorako‘lning 90 foizi, tabiiy junning 71 foizi, sintetik tolaning 93 foizi, pilla va charmning katta qismi arzimas narxlarda respublikadan olib ketilgan. Ichki bozorda ham, jahon bozorida ham talab yuqori bo‘lgan bu xomashyo Sharqiy Yevropa mamlakatlariga eksport qilinar, ular esa bu mahsulotlarni jahon narxlarida sotishar edi. Xolbuki, o‘zimizdagi korxonalarga xomashyo yetishmas, bizdan olib ketilgan resurslardan tayyorlangan mollarni esa chet eldan uch hissa ortiq narx bilan sotib olishga majbur edik.
Istiqlol ostonasida kun kechirish uchun oyiga o‘rta hisobda kamida 85 so‘m zarur bo‘lgani holda, 75 so‘mdan kamroq yalpi daromad oladigan aholi ulushi ittifoq bo‘yicha 12 foizdan sal ko‘proq bo‘lsa, O‘zbekistonda 45 foizga yetgan, ya’ni 8 million 800 ming kishi qashshoq holda yashardi. Bir millionga yaqin kishi ijtimoiy ishlab chiqarishda o‘z o‘rnini topolmagan, ya’ni ishsiz bo‘lgan.
Boz ustiga qishloqda yashayotgan odamlarga to‘g‘ri keladigan qo‘shimcha daromad miqdorini o‘zgartirish qiyin bo‘lgan. Buni viloyatimiz misolida oladigan bo‘lsak, Qarshi cho‘liga 600 ta oila ko‘chirilgan bo‘lsa, 1989-yilga qadar ulardan 40 ta oila doimiy yashab qolgan, xolos. Buning asosiy sababi - aholining ishlashi uchun munosib ish o‘rinlari yaratilmagani, rag‘bat yo‘qligida edi.
Birinchi Prezidentimizning birgina qishloq xo‘jaligi sohasida boshlab bergan islohotlarini olaylik. Nimalar o‘zgardi? Avvalo, bu soha tubdan qayta qurildi. Ilgarigi ishlab chiqarish samaradorligi past, xarajatlari baland, norentabel, surunkali qarzga botib yotadigan kolxoz va sovxozlar o‘rnida fermer xo‘jaliklari tashkil etildi. Dehqonda yerga egalik hissi uyg‘ondi.Uning mehnatga, yerga, o‘ziga munosabati, ish yuritish usullari tubdan yangilandi.G‘alla mustaqilligiga erishildi. O‘z donimiz, o‘z nonimizga ega bo‘ldik.
Endi oldingidek faqat markaz manfaatlarini ko‘zlagan holda asosiy maydonlarda paxta emas, xalq uchun, uning farovon turmushi uchun zarur bo‘lgan g‘alla, meva-sabzavot, poliz mahsulotlari yetishtirishga ham katta e’tibor qaratila boshlandi.
O‘zbekiston rahbari lavozimida Islom Karimov o‘zini buyuk davlat arbobi, ulkan nazariyachi va amaliyotchi sifatida ko‘rsatdi. U kishi yaratgan taraqqiyotning “o‘zbek modeli”ni butun dunyo tan oldi. Iqtisodiyot, ta’lim,  sog‘liqni saqlash sohalarida o‘tkazilgan islohotlar va ularning natijalari xalqaro konferensiyalarda o‘rganildi, BMT rasmiy hujjatlari sifatida butun dunyoga tarqatildi.
Mustaqillikni qo’lga kiritgunimizga qadar Sobiq ittifoq bo‘yicha eng ko‘p harbiyga chaqiriladigan yigitlar O‘zbekistondan bo‘lgan. Har yili 320 ming nafarga yaqin yigitlarimiz sho‘ro qurolli kuchlariga xizmatga chaqirilgan. Biroq ularning aksariyat qismi harbiy xizmatga chaqirilish bahonasida qurilish batalyonlariga jalb etilgan. Ular ikki yil davomida harbiy texnikani ko‘rmay, qurolni bir marta bo‘lsa-da qo‘lida tutmay, mardikorlik bilan shug‘ullanib qaytardi.Vaholanki, Afg‘onistondagi urushga safarbar qilingan askarlarning ko‘pchiligi o‘zbek yigitlaridan iborat bo‘lgan. 1989-yilning o‘zida O‘zbekistonga  Afg‘ondan 430 ta tobut kelgan. Demakki, urush davrida o‘zbeklar harbiy xizmatga, tinch davrda mardikorlikka jalb qilingan.
Shu kabi omillar hisobga olinib, o‘zbek o‘g‘lonlari haqiqiy harbiy xizmatni o‘z yurtida o‘taydigan bo‘ldi. Endi harbiylarimiz bor kuch-g‘ayratini allaqanday “stroybat”larda emas, Vatan chegaralari daxlsizligi, sarhadlari osoyishtaligini ta’minlashga yo‘naltiradigan bo‘ldi.
O’zbekiston Respublkasi mutaqilligi e’lon qilingach, mamlakat suvereniteti va tinchligini saqlashga masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Islom Karimovni 1991-yil 6-sentabrdagi farmoni bilan O’zbekiston Mudofaa vazirligi tashkil etildi. Shu davrgacha o’z so’zini o’tkazib kelgan Turkiston xarbiy okrugi qo’mondonligi, respublika hududidagi barcha harbiy texnika va qurol-yarog’larni ommaviy ravishda olib ketish choralarini ko’ra boshladi. Bunga javoban harbiy texnika va qurol yaroqlarni O’zbekiston hududidan olib ketishni taqiqlovchi prezident farmoni imzolandi. 1991-yil 26-senatbrida O’zbekiston Respublikasi Milliy Xavsizlik xizmati tashkil topdi. Zamonlar o’tadiki, milliy armiyamizning tashkil etilishi O’zbekiston tarixida zarxal xarflar bilan o’chmas iz qoladi. O’zbekiston harbiy qurilish sohasida son jihatdan uncha katta bo’lmagan, ammo zamonaviy qurol-aslaha bilan yaxshi qurollangan professional armiya tuzish yo’lini tanladi.Bu boradagi vazifalar birinchi prezidentimiz Islom Karimov tomonidan aniq belgilab berildi.
Islom Karimov sharofati bilan 1989-yil 21-oktabrda “O’zbek tiliga – davlat tili maqomi” berildi.Slom Islom Karimovning tashabbusi bilan O’zbekiston Respublikasi KOstitutsiyasi ishlab chiqildi.Mana shu konstitutsiyaning4-moddasida O'zbekiston Respublikasining davlat tili o'zbek tilidir. O'zbek tili to’g’risida”gi qonunning 6-moddasiga asosan, O‘zbekiston oliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining qonun, qaror va boshqa hujjatlari, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining hujjatlari respublika davlat tilida tayyorlanadigan, qabul qilinadigan va e’lon etiladigan bo‘ldi. Bu qanday muhim hodisa ekanini ta’riflashga hojat yo‘q. Chunki tiliga-ki ixtiyori bo‘lmagan millat hech qachon hor bo‘lmaydi.
Qaysiki xalq, san’atni sevsa, o’sh yurtda tinchlik bo’ladi.Islom Karimov 90-yillar boshidagi tanglik hukm surgan kunlarda ham ko’pchilik yetakchilar uchun ahamiyatsiz hisoblangan soha, madaniyatni ulug’lashi zamirida xuddi shu hikmatni kurish mumkin edi.Xalqimizning qadimiy tarixi, boy madaniy merosi, urf-odat va an’analarini tiklash, asrab-avaylash va rivojlantirish, mustabid tuzum davrida taqiqlab qo‘yilgan Navro‘z bayrami, Ramazon va Qurbon hayitlarini qayta tiklash va nishonlash, dinga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni qaror toptirish, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Bahouddin Naqshband va boshqa aziz-avliyolarimiz, Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Zahiriddin Muhammad Bobur singari ulug‘ ajdodlarimiz xotirasiga nisbatan tarixiy adolatni tiklash bo‘yicha aniq amaliy ishlar Birinchi Prezidentimiz taklif va tavsiyalari asosida yo‘lga qo‘yildi. Xalqimiz respublika hukumatining Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur, kabi buyuk ajdodlarimiz yubileylarini o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorlarini ko‘tarinkilik bilan kutib oldi. Ayni vaqtda ma’rifatparvar bobolarimiz – jadidchilik harakati namoyandalarining hayoti va ijodiga munosabat masalasida ko‘p yillardan buyon davom etayotgan bahslarga oqilona chek qo‘yilib, ularning merosini xalqimizga qaytarish yo‘lidagi amaliy, prinsipial fikrlar ham aynan o‘sha paytlarda ilgari surildi.Vatanimiz ozodligi yo'lida shahid ketgan Abdulla Qodiriy, Cho'lpon, Fitrat, Usmon Nosir va boshqa xalq jigarbandlarining nomi, izzat-ikromi, hurmati o'z joyiga qo'yildi, asarlari nashr etildi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan Toshkent shahrining Bo'zsuv kanali bo'yida qatag'on davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida „Shahidlar xotirasi" yodgorlik majmuyi bunyod etildi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahbarligi ostida 1999-yilda Toshkent shahrida Ikkinchi jahon urushi yillarida fashizmga qarshi Vatan ozodligi uchun jon fido etgan xalqimizning farzandlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida „Xotira maydoni" majmuasi barpo etildi va 1999-yili 9-May kuni uning ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Respublika „Nuroniy" jamg'armasi tashabbusi bilan janglarda halok bo'lgan 400 mingga yaqin vatandoshlarimiz haqida 34 jildlik „Xotira" kitobi tayyorlandi va nashr etildi. Har yili 9 May kuni „Xotira va qadrlash kuni” sifatida nishonlanmoqda.Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan bu tadbirlar xalqimizning o'zligini anglashiga, tarixiy xotirasini tiklashga xizmat qilmoqda.
Buyuk ajdodlarimiz xotirasiga bag'ishlab barpo etilgan yodgorlik majmualari jamiyat ma'naviyatini yuksaltirishga, milliy ong va milliy g'ururni ko'tarishga hamda xalqimiz, ayniqsa, yoshlar ongida milliy istiqlol g'oyalarini shakllantirishga kо'maklashmoqda.
Islom Karimov xalqimizning har bir vakilini chin yurakdan yaxshi ko‘rardi. Ayniqsa, millatlararo totuvlik muhitini yaratgani, bu masalaga yuksak darajada doim e’tibor qaratgani mamlakatimizda tinchlik, osudalik, hamjihatlikni mustahkamladi.Islom Abdug‘aniyevich yuzdan ziyod millatni bir bayroq ostiga birlashtirdi, bir maqsad sari boshladi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov haqida gapirganlarimiz ummondan tomchi, xolos. Tomchiki, butun boshli xalqning dardiga darmon bo‘ldi, ko‘ngillarda umid, ertangi kunga ishonch tuyg‘ularini uyg‘otdi.
Xulosa qilib aytganda, O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov odilona tashqi siyosati tufayli, tarixiy jihatdan qisqa bir davrda xalqaro munosabatlarni yo’lga qoyish va rivojlantirish bobida asrlarga arziydigan ishlar amalga oshirildi. Muslaqillik yillarida ona-Vatanimiz O’zbekiston jahon hamjamiyatiga qo’shildi. Dunyodagi yirik, rivojlangan mamlakatlar bilan siyosiy-diplomatik, iqtisodiy, madaniy aloqalar o’rnatildi, o’zaro manfaatli aloqalar hozirda tobora kengayib bormoqda. O’zbekiston xalqaro muammolarni hal etishdagi qattiy siyosati va amaliy faoliyati bilan xalqaro maydonda obro’-e'tibor qozondi. O’zbekiston jahon hamjamiyatida munosib o’rin egallagan, o’zining mustaqil ovoziga ega bo’lgan davlat darajasiga ko’tarildi.Bugun neki yutuq, marraga erishayotgan bo‘lsak, barida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov hissalari juda katta.
O’zbekiston o’zining tinchliksevar, yaxshi qo’shnichilik, o’zaro foydali hamkorlikka qaratilgan siyosati va faoliyati bilan butun dunyoga tanildi, jahon hamjamiyatida o’zining munosib o’rnini egalladi, uning mavqeyi yildan yilga mustahkamlanib bormoqda.
O’zbekistonning hurlik zamonida erishilgan natijalari yuzlab kitoblarga jo bo’ladi. Ularning hech birini kamsitmagan holda, aynan yosh avlodning ta’lim tarbiyasi, farzandlarimizning hech kimdan kam bo’lmay ulg’ayishi yo’lida qilingan ishlarni natijalarning eng muhimi deyishga asos mo’ldir. Tinchlikparvar siyosati zamirida ko’plab yo’llar bosib o’tildi, mashaqqatlar va mehnatlar qilindi. O’zbekistonni XXI asrga kelib, butun dunyoda har bir sohada yetakchilikni olishi, buning hammasi, O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov xizmatlari katta va beqiyosdir. Xalqimiz o’zining 25 yillik istiqlol yillarida erishgan barcha yutuq va marralarini haqli ravishda aynan prezident Islom Karimov nomi bilan bog’laydi va ushbu ulug’ insonning beqiyos xizmatlari deb biladi. Bu buyuk zotni ezgu ammallarini, har bir aytgan so’zlarini yodga olmaydigan inson bo’lmasa kerak. Islom Karimov yoshni bolam deb, keksasini otam deb ulug’laydi, ayollarga tog’dek tayanch bo’ldi, shu xalq uchun har soniya jonini fido qilishga ham tayyor edi. Islom Karimov tashabbusi bilan yoshlar masalasi davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Islom Karimov o’zining har bir nutqida yoshlarimizga alohida ishonch bildirdi. Vatanimiz kelajagi ishonchli qo’llarda ekanligini qayta-qayta e’tirof etdi. Biz yoshlar ushbu ishonchni oqlash barobarida, mutaqil mamlakatimizning bundanda marralarga ko’tarishimiz lozim. Yurtboshimizning hech kimdan kam emasmiz degan so’zlarining o’ziyoq minglab yoshlarimizni ham jismonan, ham ruhan yuksak cho’qqilarga safarbar etdi. Bugun jahon arenalaridagi nufuzli sport musobaqalarida yurtimiz dovrug’ini dunyoga tanitayotgan ilm-fan, san’at, madaniyat kabi barcha sohalarda yuksak natijani egallab kelayotgan yoshlarimizning yutug’lari mohiyatida Islom Karimov siymosi nur taratib turibdi. O’zbekiston yoshlari buyuk maqsadlar sari dadil qadam tashladilar, Islom Karimovning har tomonlama qo’llab-quvvatlashlari natijasida yuksak marralarni zabt etdilar. Buni yoshlarimizning butun dunyo miqyosida erishib kelayotgan yutuqlarida ham yaqqol ko’rishimiz mumkin. Xalqimiz bir tan-u jon bo’lib, bizga qoldirgan obod va ozod vatanimizni asrab avaylab, taraqqiyot yo’lining ildam vakillarining safida to abad mustahkam turishimiz lozim. O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti, mamlakatimiz mustaqilligi va yangi davlatchilik asoschisi buyuk siyosatchi, tinchlikparvar va xalqparvar davlat rahbari, dono islohotchi va komil inson Islom Karimovning so’nmas xotirasi qalbimizda abadiy saqlanib qoladi. Yurtboshimiz so’nggi daqiqalargacha kelajak biz yoshlarniki ekanligini qayta-qayta ta’kidladi. Eng baland cho’qillarni ko’zlab, marrani keng olishdan aslo cho’chimaslik kerakligini uqtirib ketdilar.
Vaholanki, tarix о‘lchamlarida juda ham qisqa bо‘lgan bu davr ichidagi muvaffaqiyatlar va erishilgan yutuqlar kam bо‘lmadi: О‘zbekiston (jahon taraqqiyotidan chetda qolganligi uchun parchalanib ketgan) Sovet Ittifoqining qoloq bir agrar respublikasidan qudratli mustaqil davlat va Markaziy Osiyoning rivojlanayotgan mamlakatlaridan biriga aylandi.
Bugun O’zbekistonda faqatgina keksalar emas, kecha tug’ilgan murg’ak bola ham, uni dunyoga keltirib voyaga yetkazayotgan ona ham, istiqbolda yurt taqdiri haqida qayg’urishi niyat qilingan talaba ham, Vatanni har turli balolarda qo’riqlayotgan harbiy ham, o’qituvchi-yu shifokor, ziyoli-yu mirishkor, muhandis-u san’atkor ham, e’zozda. Bugungi O’zbekiston e’zoz qilayotganlar va e’zoz ko’rayotganlar mamlakatiga aylandi. Boshqacha bo’lishi ham, mumkin emas edi. Bir paytlar unga nisbatan adolatsizlikka yo’l qoyilgan bu xalq asrlar davomida o’zi e’zoz va ikrom ko’rsatib, evaziga pand yegan damlari mo’l bo’lgan yurt, bugun rost mana e’zozga munosibdir.
Mamlakatning eng og’ir va murakkab burilish davrida unga yetakchilik qilish o’zida kuch topa olgan va buyuk davlat arbobi, siyosat donishmandi, butun o’zbek xalqi otasi bo’la olishdek sharafga muyassar bo’lgan inson O’zbekiston Respublikasining birinchi Birinchi prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov.
O‘zbekiston mustaqilligi bo‘sh joydan o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolgan narsa, qandaydir taqdir ehsoni emas, balki real tarixiy zaminda, real tarixiy shart-sharoitda xalqimiz va unga yetakchi bo‘lib maydonga chiqqan jasur Islom Karimovning tinimsiz kurashlari asosida amalga oshirilgan, el-yurtimizning tub manfaatlaridan o‘sib chiqqan, ne-ne ajdodlarimizning asriy orzu-intilishlarini ifoda etadigan aniq tarixiy jarayon, amaliy voqelik ekanini hayotiy misollar, aniq dalillar bilan ko‘rsatib berdi.
Yurtboshimizning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-ma'naviy sohalarga - O‘zbekiston hayotining deyarli barcha jabhalariga ta’luqli bo‘lgan muammolarni aniq raqam va ko‘rsatkichlar asosida bilishi va ularning yechimini aniq ko‘rsatib berishi uning qalbida islohot g‘oyalari, mustaqillik g‘oyasi uzoq yillar davomida shakllanib borganini ko‘rsatadi.
Buyuk shaxslarning bir paytning o‘zida ham ulkan nazariyotchi, ham mohir tashkilotchi va amaliyotchi sifatida davrning o‘zi xalq va millat oldiga qo‘yayotgan ko‘pdan-ko‘p savollarga puxta ilmiy-nazariy asosda javob topishi va ularning eng maqbul yechimini ko‘rsatib berishi dunyo tarixida kamdan-kam uchraydigan fenomenal hodisadir. Islom Karimov timsolida “Tarixiy burilish pallasida xalq dardi, millat qayg‘usi buyuk shaxslarni yaratishi”ni yanada chuqurroq anglaymiz. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida xalqimiz baxtiga shunday ulug‘ insonni rahbar qilib bergani uchun shukronalar aytamiz.Shunday ekan, Islom Karimov nomi jonajon O’zbekistonimiz tarixiga zarhal harflar bilan bitiladi, xotirasi xalqimiz qalbidan hech qachon o‘chmaydi. Biz ana shunday Yurtboshimiz bilan hamisha faxrlanamiz, u kishining g‘oyalarini amalga oshirishda butun kuch va g‘ayratimizni, barcha imkoniyatlarimizni safarbar etaveramiz. Islom Karimov nomi, amalga oshirgan beqiyos ishlari qalbimizda mangu yashaydi.
Faxriddinov Shohrux, Qarshi davlat universiteti talabasi.

Комментариев нет:

Отправить комментарий