O’zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyat Kengashi raisi
topshirig’isa asosan, haftaning har juma kuni viloyatda “Kuratorlar
safarbarligi” deb e’lon qilingan.
Unda viloyat Kengashi bo’lim mudirlari har juma kuni o’zlariga
biriktirilgan tuman yoki shahar Kengashi tashrif buyurib, mahalliy Kengash “Kamalak”
bolalar tashkiloti raisi, barcha boshlang’ich tashkilot yetakchilarining faoliyati
tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqishi, shuningdek, imkoniyati cheklangan,
nogironligi aniqlangan yoshlar va keksalarimiz holidan xabar olishi
rejalashtirilgan.
Ana shunday samarali ishlar bugun viloyat Kengashi Matbuot kotibi Ahror
Sodiqov ishtirokida G’uzor tumanida tashkil etildi.
Safarbarlik davomida tumandagi boshlang’ich tashkilotlar faoliyati,
yangitdan barpo etilayotgan zamonaviy ko’rinishdagi maktabgacha ta’lim
muassasasidagi sharoitlar o’rganildi.
O’rganishlardan so’ng, Xumdon mahallasida yashovchi, nogironligi mavjud
bo’lsada mahalla xotin-qizlariga to’quvchilik sirlaridan saboq berib kelayotgan
Yo’ldosheva Mahliyoning ish faoliyatiga zarur bo’ladigan shart-sharoitlarni
yaratib berish maqsadida u kishining xonadoniga borildi.
- 60 ga yaqin xotin-qizlar to’quvchilik sirlarini o’rganib ketishdi, -
deydi Mahliyoxon. – Hozirda 40 nafarga yaqin shogirdlarim bor. Imkon darajasida
uyda sharoit qilib, ular uchun to’quvchilik sirlarini bepul o’rgatib
kemoqdaman. Faqat o’quv
stol-stullari yo’qlisi sabab qiyinchiliklarga duch kelmoqdamiz.
Ushbu masala tuman Kengashi raisi Farid Bazarov tashabbusi bilan joyida
yechimini topdi. Endi Mahliyoxon tuman Kengashi qoshida tashkil etilgan
“To’quvchilik” to’garagi rahbari vazifasiga ishga qabul qilindi va yakshanba
kuni o’quv stol-stullari bilan ta’minlanishi aytildi.
- Har bir yosh taqdiriga alohida e’tibor bilan qarashimiz, ularning
munosib sharoitlarda o‘qishi, ishlashi uchun barcha zarur choralarni ko‘rish
asosiy vazifalarimizdan biridir, - deydi Matbuot kotibi A.Sodiqov. - Zotan,
zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallagan, mustaqil fikrlaydigan,
doimo el-yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashaydigan yoshlar muammolarini
bartaraf etish va shart-sharoitlar yaratishdan charchamaymiz.
P.S.: Mahliyoxonni ishqa qabul qilishdagi ko’magi uchun tuman Kengashi
raisi F.Bazarovga, shuningdek, o’quv stol-stullari olish va Mahliyoxonning
xonadonlariga yetkazishdagi ko’magi uchun 79-sonli maktab direktori va 70 hamda
79-sonli maktab Yoshlar yetakchilariga o’z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz.
Ahror Sodiqov.

Комментариев нет:
Отправить комментарий