9 марта 2018 г.

Farzandimning yana bir oilasi – Yoshlar ittifoqi bor

“Mening farzandim sardor (yetakchi)” loyihasi: Farzandimning yana bir oilasi – Yoshlar ittifoqi bor. Bu – men va dadasining xotirjamligidir.

Sardor va Yetakchilarimiz bugun har jabhada faol bo'lishga intilishyapti. Albatta, buning tag zamiri oilada va yon-atrofdan olayotgan ta'lim-tarbiyasiga bog'liq. Onajonlari esa, hamisha ular uchun qayg'urishadi. 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan Qashqadaryo viloyat  "Kamalak" bolalar tashkiloti raisi Nilufar Nazarova viloyat Sardor va Yetakchilar Kengashi a'zolarining volidalari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda har bir yoshning onalari bilan farzandlarining qiziqish va iste’dodlari haqida alohida to’xtalib o’tildi. Onajonlar uchun viloyat “Kamalak” bolalar tashkilotining bayram tabrigi va sovg'alari taqdim etildi.
"Mening farzandim sardor", "Mening farzandim Yetakchi" shiori ostida tashkil etilgan mazkur uchrashuv sardorlar va yetakchilarning onajonlari uchun bir dunyo quvonch-u shodliklarni hadya etgan bo'lsa ajab emas.

Hurmatli Sardor va Yetakchilar Kengashi!!!
Barchaga baxt ulashishdan hech ham charchamang.

Комментариев нет:

Отправить комментарий