3 марта 2018 г.

Qashqadaryolik yoshlar hasharda faol ishtirok etmoqda

Bugun yurtimizning har bir go‘shasida yangilanish va yasharish ayyomi - “Navro‘z” umumxalq bayrami arafasida keng ko‘lamli obodonlashtirish va tozalash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Bunday ulug‘ xayrli ishga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyat Kengashi xodimlari va faol a'zolari ham “Hashar yoshlarga yarashar” loyihasida obodonlashtirish, “Har tengdoshga bir nihol” loyihasida mevali va manzarali daraxtlar ekish ishlarini boshlab yuborishgan.
Bugun ertalabdan viloyat “Yoshlar” markazi binosi atrofida Ittifoqning viloyat Kengashi xodimlari, “Ittifoq” va “Kamalak” Sardorlari, to‘garak rahbarlari va a'zolari ishtirokida hashar uyushtirilib, markaz atrofi obodonlashtirildi, daraxtlar oqlandi, yangi ko‘chatlar ekildi.


Ahror Sodiqov.

Комментариев нет:

Отправить комментарий